08:30 / 29.06.2017
8 400

"O‘zbekiston" telekanali tarixida ilk bor jurnalistlar janjali

"O‘zbekiston" telekanali tarixida ilk bor jurnalistlar janjali
“O‘zbekiston” telekanali “Munosabat” ko‘rsatuvining ommaviy axborot vositalari bayrami kuniga bag‘ishlangan soni avvalgilaridan tubdan farq qildi. Jurnalist Quddus A’zamning ko‘rsatuvlarida ilk bor bunday jonli va eng asosiysi ochiq-oydin fikr mulohazalarni efirga berilishini kuzatdik. Aslida, jurnalistlar bayramiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvda odatdagidek erishilgan yutuqlarni sanab o‘tilmadi balki, shu kasbning eng og‘ir nuqtalari ochiq-oydin tilga olindi. Eng qiziqarlisi xususiy va davlat nashrlari o‘rtasida ochiq baxs kechdi. Davlat nashrlarining xalqqa yaqinmasligi , xususan “Xalq so‘zi” gazetasini asosan qonunlar bilan tanishish uchun sotib olinishi, “Jamiyat” gazetasida esa so‘nggi vaqtlarda odamlarni qiziqtirayotgan muammolar tahlil qilinayotgani aytildi.

Xususiy gazeta vakili “sotuv bor, 100 mingga yaqin o‘quvchi bormi demak, biz xalq fikrini dilidagi gapni olib chiqa olyapmiz” – deya fikr bildirdi. Ammo, 100 ming boringki 1 million odam ushbu gazetani o‘qigan taqdirda ham bu 33 million aholiga nisbatan olganda katta auditoriya emasligi ham pesh qilindi. Ko‘rsatuv davomida jurnalistlar bir-biri bilan qizg‘in baxsga kirishib “men seni gazetangni o‘qimayman, bilmayman”- deya iddao qilsalarda ularning bu “janjal”larining efir yuzini ko‘rishi telekanalning yutug‘i edi. Sababi odamlar shunday jonli baxslarni, xalq orasidagi ochiq fikrlarni efirda ko‘rishni sog‘ingan.

“Sariq matbuot” gazetalari shou-biznes vakillari hayotini qizg‘in yoritishi ham yana bir bor tanqid ostiga olindi. Hamda davlat gazetalari majburan obuna qilinishi, xususiylari esa o‘z o‘quvchilariga ega ekanligi borasida ham qizg‘in baxs bordi. Eng asosiysi studiyadagi jurnalistlarning tortishuvlari “randalan”masdan efirga uzatildi.

“Zo‘r” telekanal xodimiga “Bo‘lar-bo‘lmas kliplarni efirga uzatilishi to‘g‘rimi?”- deya savol berilganda, kanal vakili “Kliplarni avvalambor biz emas, san’atkorlarga lisenziya beruvchi tashilot nazorat qilsin.”- deya javob berdi.
Ko‘rsatuvni kuzatgan jurnalist shunday fikr bildirdi:

Kecha “munosabat” ko‘rsatuvini ko‘rib ochig‘i shu ko‘rsatuv o‘zimizda berilyaptimi deb, ishonmay o‘zimni chimchilab ham qo‘ydim. Ko‘rsatuv ishtirokchilarining o‘z fikrlarini ochiq-oydin bildirishlari, bemalol bahsga kirishishlari menga yoqdi. Faqat xususiy va markaziy nashr muharrirlarini bir-biriga qarshi qo‘yish to‘g‘ri emas. Qolaversa mas’ul lavozimdagi mas’ul shaxsning men "Bekajon" degan gazetani bilmayman deyishi menimcha noto‘g‘ri bo‘ldi. Axir, hech kim bilmasa ham aynan gazetalarga mas’ul shaxs gazetalar ichidan liderlikka da’vogar gazetani bilmasligi kulgili. Qolaversa har hafta etmish mingta xonadonga kirib boradigan o‘z o‘quvchisiga ega gazetani erga urish menimcha ayni gazeta o‘quvchilariga nisbatan hurmatsizlik. “Munosabat”dagi jonli tanqid, ochiq gaplar jurnalistlarimizda jur’at paydo bo‘layotganligidan darak berayapti.

So‘nggi vaqtlarda ko‘pgina nashr va telekanallar jurnalistlari jonlandi biroq, “O‘zbekiston” kanalida hamon “uyg‘onish” kuzatilmayotgan edi. Kanalda jonlanishni esanazarimizda “munosabat” ko‘rsatuvi boshlab berdi.

Manba: Dia.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "O‘zbekiston" telekanali tarixida ilk bor jurnalistlar janjali