23:27 / 29.06.2017
6 725

Auksionda avtomobil olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Auksionda avtomobil olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi
2016 yilning noyabr oyi oxirlarida muqaddam firibgarlik jinoyati sodir etganligi uchun sudlangan Mahkamov Farrux hamda muqaddam sudlanmagan Ergashev Jonibek Chilonzor tumani hududida fuqaro M.ning ishonchiga kirishgan. Ular jabrlanuvchining soddaligidan foydalanib, unga “Neksiya-2” rusumli avtoulovni kim oshdi savdosi orqali olib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan jami 3 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini qo‘lga kiritib, bergan va’dalarini bajarmay kelganlar.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (ya’ni, firibgarlik) alomatlari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi yuqoridagi shaxslardan jabrlanganlar bo‘lsa, “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yoki yaqin oradagi ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlarini so‘rab qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Auksionda avtomobil olib bermoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi