16:01 / 30.06.2017
7 612

Avtomobilida “aptechkasi” bo‘lmagan 200 nafarga yaqin haydovchi aniqlandi

Avtomobilida “aptechkasi” bo‘lmagan 200 nafarga yaqin haydovchi aniqlandi
Toshkent viloyatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida, bir qator tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Hafta davomida Toshkent viloyat hududida 24 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, 24 nafar shaxs turli darajada tan jarohatlari olgan. Bu haqda Toshkent viloyat IIBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan 3 ming 931 ta yo‘l harakati qoidabuzarliklari aniqlandi. Bulardan, qo‘pol qoidabuzarliklar 1 ming 459 tani, jumladan, transport vositasini mast holda boshqarish 85 tani, belgilangan tezlikni oshirish qoidabuzarligi 271 tani, temir yo‘l kesishmasidan o‘tish qoidasini buzish 5 tani, odam tashish qoidasini buzish 609 tani, telefondan foydalanish qoidasini buzish 10 tani va boshqa qoidabuzarliklar 457 tani tashkil etadi.

Shuningdek, 1 ming 242 ta xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik, 189 ta transport vositasini o‘t o‘chirish vositasi, jilet va dori-darmon qutisisiz boshqarish, 118 ta transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarish va 103 ta piyodalar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomobilida “aptechkasi” bo‘lmagan 200 nafarga yaqin haydovchi aniqlandi