18:02 / 30.06.2017
14 050

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tugatildi

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tugatildi
Avval xabar berganimizdek, bugun, 30 iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV Qurultoyi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tdi. Hozirgi kunda “Kamolot” YoIHga nisbatan yoshlarning ishonchi so‘nib borayotgani ta’kidlandi. Shavkat Mirziyoyev zalga yig‘ilgan yoshlar bilan suhbat qurar ekan, tashkilot nomini va faoliyatini tubdan o‘zgartirish vaqti kelganini aytdi.

Shu munosabat bilan “Kamolot” YoIH nodavlat-notijorat tashkiloti faoliyati tugatilib, uning o‘rnida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi davlat tashkiloti tuzildi. Bu haqda yana batafsil ma’lumot beramiz.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tugatildi