18:36 / 01.07.2017
9 657

Toshkentda kollej bitiruvchisi tengdoshlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Toshkentda kollej bitiruvchisi tengdoshlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi
1-Toshkent yuridik kolleji bitiruvchisi Akmal Abdurahmonov Yunusobod tumanining Markaz-4 mavzesida tengdoshlari tomonidan kaltaklanganidan so‘ng vafot etdi. Hodisa 28 iyun kuni kechqurun yuz bergan. Bu haqda Toshkent IIBB Tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jaev ma’lumotiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Avvaliga Abdurahmonovning hayotdan ko‘z yumgani haqida turli ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Guvohlarning aytishicha, mushtlashayotgan yigitlarni tezlik bilan ajratishgan. Ichki ishlar organlari va “tez yordam” xodimlari tezkorlik bilan voqea joyiga etib kelishgan.

Aniqlik kiritilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 104 moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Biroq yigitning o‘limidan so‘ng Respublika neyroxirurgiya ilmiy markazida ish 104 modda 3-qismga o‘zgartirildi (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast etkazish).

Qayd etilishicha, Yunusobod tumani Ichki ishlar boshqarmasi tergov-tezkor guruhi ushbu ish bo‘yicha tergov olib bormoqda. Gumonlanuvchilar ismi va soni hozircha oshkor etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, P.F.Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kollejining 1999 yilda tug‘ilgan, 17 yoshli talabasi Jasur Ibragimov o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklanganidan so‘ng 1 iyun kuni olamdan o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda kollej bitiruvchisi tengdoshlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi