09:06 / 02.07.2017
8 253

Mashina haydash uchun eng xavfli poyabzal qaysi ekanligi aniqlandi

Mashina haydash uchun eng xavfli poyabzal qaysi ekanligi aniqlandi
Ford kompaniyasi qanday poyabzal haydovchilar uchun xavfsizroq ekanini aniqlash maqsadida tadqiqot o‘tkazdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Tadqiqotga ko‘ra, faqatgina Buyuk Britaniyaning o‘zida mashina haydash uchun poyabzalning noto‘g‘ri tanlanishi har yili 1,4 mln ta yo‘l-transport va xavfli hodisalarga olib kelar ekan. Bu haqda Ford tadqiqotiga iqtibos keltirgan holda Motor nashri xabar bermoqda.

Mutaxassislarning fikricha, mashina haydashda eng xavfli poyabzal shippaklar hisoblanar ekan. Bu poyabzal turi oyoqdan chiqib ketib, pedal ostiga tushishi mumkin ekan. Ba’zi davlatlarda shippaklarda mashina haydash hattoki qonunan taqiqlangan: misol uchun, Ispaniyada buning uchun 200 evro, Fransiyada esa 90 evro jarima solinishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oyoqda bemalol o‘tiruvchi poyabzal tormozlash vaqtini o‘rtacha 0,13 soniyaga oshirar ekan. Bu esa 95 km/soat tezlikda tormoz yo‘lining 3,5 metrga oshishiga etar ekan. Shuningdek, shippaklarda gaz tepkisidan tormoz tepkisiga oyoqni olish oddiy poyabzalga nisbatan ikki marta ko‘proq vaqtni, ya’ni deyarli 0,04 soniyani olar ekan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mashina haydash uchun eng xavfli poyabzal qaysi ekanligi aniqlandi