16:36 / 03.07.2017
7 490

“Orlando” olishga yordam berish evaziga 10000 dollar olgan shaxs qo‘lga olindi

“Orlando” olishga yordam berish evaziga 10000 dollar olgan shaxs qo‘lga olindi
2016 yil 19 avgust kuni, Ikromov Doniyor Ilxomovich, Yunusobod tumani hududida, fuqaro Xudaybergenova Faridaning ishonchiga kirib, unga ikki oy davomida “Orlando” rusumli avtomashinasini olishda yordam berishni va’da qilib, 10.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan, deb xabar beradi Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya’ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiyasi va ismining har qanday o‘xshashligi tasodifiy xarakterga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Orlando” olishga yordam berish evaziga 10000 dollar olgan shaxs qo‘lga olindi