17:59 / 03.07.2017
6 799

O‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi

O‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun  7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi
13.06.2017 yildagi O‘RQ-436-son Qonun bilan o‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun jinoiy javobgarlik joriy etildi va o‘zini o‘zi o‘ldirishiga suiqasd qilish darajasiga etkazganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi, deb xabar beradi Norma.uz.

O‘z-o‘zini o‘ldirishga undaganlik uchun – 7 yilgacha

O‘zini o‘zi o‘ldirishga undash — ko‘ndirish, aldash yoki boshqa yo‘l bilan o‘zga shaxsda o‘zini o‘zi o‘ldirish hissini uyg‘otish, agar shaxs o‘zini o‘zi o‘ldirgan yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishga suiqasd qilgan bo‘lsa.

Bunday jinoyat uchun 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
  • voyaga etmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
  • bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
  • telekommunikasiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa.

Suiqasd darajasiga etkazganlik uchun – 10 yilgacha

Yangi modda kiritilishi bilan bir qatorda o‘zini o‘zi o‘ldirishi darajasiga etkazganlik uchun jazolar kuchaytirildi (JK 103-modda). Endi jinoyatchilar 3 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi (birinchi qism bo‘yicha). 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
  • moddiy tomondan yoki boshqa jihatlardan aybdorga qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan;
  • voyaga etmagan shaxsga yoki homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
  • bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;
  • telekommunikasiya tarmoqlaridan, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa

Ma’lumot uchun: o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yoki o‘zini o‘zi o‘ldirishiga suiqasd qilish darajasiga etkazish shaxsni qo‘rqitish, unga rahmsiz muomala qilish yoki uning sha’ni va qadr-qimmatini muttasil ravishda kamsitish bilan amalga oshirilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zini o‘zi o‘ldirishga undaganlik uchun 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi