12:37 / 04.07.2017
7 810

Sirdaryo viloyatidagi 56 ta maktabda 10-11-sinflar ochiladi

Sirdaryo viloyatidagi 56 ta maktabda 10-11-sinflar ochiladi
2017-2018 o‘quv yilida Sirdaryo viloyatidagi 56 ta maktabda tajriba-sinov tarikasida 10-11-sinflarni ochish rejalashtirilgan. Bu haqda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Abdushokir Abdurahmonov ma’lum qildi.

Ro‘yxatga kiritilgan ta’lim maktablarini belgilashda markazdan uzoq hududdagi muassasalarga hamda reytingi baland bo‘lgan, o‘qitish sifati kafolatlangan maktablar, shuningdek, viloyatdagi barcha 8 ta fanlarga ixtisoslashgan maktablarda 10-sinfni ochish maksadga muvofiq, deb topildi. Qolgan barcha 240 ta maktab bitiruvlari bu yil o‘qishlarini kollej va liseylarda davom ettiradilar.

Abdurahmonovning so‘zlariga ko‘ra, shu maktab bitiruvchisi kollej yoki liseyda ham o‘qishni davom ettirishi mumkin. Boshqa maktab o‘quvchilarining 10-sinfni davom ettirishlari uchun hujjat topshirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ta’limni maktabda davom ettirishni tashkil etish ko‘plab tayyorgarlikni talab etadigan jarayon. Avvalo, darsliklar chop etish, yangi o‘quv dasturlari tuzish, o‘qituvchilarni tayyorlash, sinfxonalar bilan ta’minlash va hokazolar. Bu chora-tadbirlar tajriba-sinov, agar, u o‘zini oqlasa va zarur tayyorgarlik ta’minlansa, kelgusi o‘quv yillarida 11 yillik maktablar soni ko‘payadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryo viloyatidagi 56 ta maktabda 10-11-sinflar ochiladi