13:54 / 05.07.2017
6 868

“Bog‘bon” 21 kilogramm giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida qo‘lga tushdi

“Bog‘bon” 21 kilogramm giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida qo‘lga tushdi
Andijon viloyati miqyosida o‘tkazilayotgan keng qamrovli “Qora dori-2017” tezkor-profilaktika tadbirining I-bosqichi davomida Shahrixon tumani IIB tumanda istiqomat qiluvchi R.A. ism-sharifli kishini (ism shariflari o‘zgartirilgan) qo‘lga oldi.

Andijon viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Bo‘z tumanidagi bog‘dorchilik xo‘jaliklaridan birida ishlovchi shaxs Shahrixon tumani hududidagi “Toshkent-Andijon” “A-373” yo‘lida 3 dona polietilen qoplarda bo‘lgan jami og‘irligi 21 kg 160 gramm marixuana giyohvand moddalarini 1 mln so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Shahrixon tuman IIB huzuridagi Tergov Departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi (ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini sotish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Bog‘bon” 21 kilogramm giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida qo‘lga tushdi