18:32 / 06.07.2017
7 422

Chet elda qonuniy ishlovchi fuqarolarning onlayn ruxsatnoma olishi yo‘lga qo‘yiladi

Chet elda qonuniy ishlovchi fuqarolarning onlayn ruxsatnoma olishi yo‘lga qo‘yiladi
2017 yil 5 iyul kuni Xalqaro Press-klubda O‘zbekiston TIV vaziri Abdulaziz Komilov bilan jonli efirda muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqot davomida AQShda yashovchi o‘zbekistonlik Nodir Zokirov tomonidan quyidagicha savol yo‘llandi:

“2009 yildan beri Vashingtondagi Jahon bankida faoliyat yuritaman. Chet elda qonuniy ravishda ishlaydigan ko‘plab fuqarolarimiz elchixonaga kelib o‘z biometrik pasportlarini almashtirmoqchi bo‘lishganida ulardan O‘zbekiston Tashqi migrasiya agentligining lisenziyasi talab qilinadi. Bu lisenziyaga ega bo‘lmay turib, lekin xorijda qonuniy asosda ishlayotgan fuqarolar uchun bu ishni, ya’ni ovir yoki pasport alishtirishni yengillashtirish imkoni bormi?”

Mazkur murojaatga Tashqi mehnat migrasiya agentligi rahbari Xo‘jabahlil Asomov javob berdi:

“Darhaqiqat, Vazirlar Mahkamasining 2003 yilgi qaroriga muvofiq, fuqarolarimizning chet elda ishlashi uchun agentlikdan lisenziya olishlari talab qilinadi. Biroq chet elda ishlaydigan diplomatlar, ma’ruza o‘qishga boruvchi tashkilot xodimlari hamda davlat kelishuviga asosan xorijda ishlaydigan fuqarolarimiz bundan mustasno. Endilikda 2017 yilning 3 martidan boshlab, lisenziya olish jarayoni agentlikning o‘zida tashkil etilib, hujjatni olish muddati 30 ish kunidan 7 kunga qisqardi”.

Agentlik rahbarining qayd etishicha, fuqarolardan mazkur jarayon bo‘yicha ko‘p murojaatlar kelib tushganini inobatga olgan holda, hozirda lisenziya olish jarayonini onlayn rejimga o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

“Bu borada kerakli dasturlar ishlab chiqiladi. Endilikda fuqarolarimiz chet eldan turib, Tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligidan ruxsatnoma olish imkoniga ega bo‘lishadi”, deya qo‘shimcha qildi agentlik rahbari.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chet elda qonuniy ishlovchi fuqarolarning onlayn ruxsatnoma olishi yo‘lga qo‘yiladi