11:28 / 07.07.2017
9 990

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 7 iyul kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi, deb yozadi O‘zA.

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida bu boradagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish, mamlakatimizning barcha hududlari qatori Namangan viloyatini ham izchil rivojlantirish bo‘yicha ulkan reja va maqsadlarni bayon etgan edi.

Prezidentimiz Namanganga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va istiqbolli loyihalar bilan tanishadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrif buyurdi