17:34 / 07.07.2017
11 901

Toshkentda har kuni fohishaxona aniqlanyapti! Savol tug‘iladi: Ularning ildiz otgan bozori qayerda?

Toshkentda har kuni fohishaxona aniqlanyapti! Savol tug‘iladi: Ularning ildiz otgan bozori qayerda?
2017 yilning 1 iyul kuni taxminan soat 20:00larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Xrustov Danil Grigorevich, Yashnobod tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 30.000 so‘m pul evaziga fuqaro «I» va «X» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

2017 yilning 4 iyul kuni taxminan soat 11:00larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, muqaddam sudlangan Abdulazizova Albina Garipovna, Yakkasaroy tumani hududida joylashgan xonadonda fohishaxona saqlab, 33.000 so‘m pul evaziga fuqaro «R» va «N» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda har kuni fohishaxona aniqlanyapti! Savol tug‘iladi: Ularning ildiz otgan bozori qayerda?