18:42 / 07.07.2017
8 284

27 nafar davlat notarial idoralari notariuslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

27 nafar davlat notarial idoralari notariuslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
Adliya vazirligi va hududiy adliya boshqarmalari tomonidan davlat notarial idoralari xodimlari mehnat va ijro intizomiga rioya qilinishining umumiy ahvoli bo‘yicha 312 marotaba reydlar o‘tkazilgan va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 67 nafar davlat notarial idora xodimlariga nisbatan tegishli intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanilgan. Bu haqda Adliya vazirligining axborot xizmati UZ24 ga ma’lumot bergan.

Adliya vazirligi tomonidan notarial idora faoliyati yuzasidan kelib tushgan murojaatlar vazirlik va hududiy adliya boshqarmalari tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topgan murojaatlar bo‘yicha aybdor xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanilib kelinmoqda.

Jumladan, 2016 yilda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan notarial idora xodimlarining 150 nafariga nisbatan, ya’ni 130 nafariga hayfsan, 22 nafariga jarima intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan hamda 5 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilingan.

27 nafar davlat notarial idoralari notariuslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 27 nafar davlat notarial idoralari notariuslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan