22:02 / 07.07.2017
10 201

Foto va video: Shavkat Mirziyoyev xalq bilan muloqot qildi

Foto va video: Shavkat Mirziyoyev xalq bilan muloqot qildi
Xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 7 iyul kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurgan edi.

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Namangan ko‘chasida xalq ichiga kirib, odamlar bilan muloqot qildi. Namanganliklar ijtimoiy tarmoqlar orqali mazkur tashrifga doir video va fotolarni hammaga ulashmoqda.

Quyida To‘raqo‘rg‘on bo‘ylab o‘tgan Prezident korteji hamda ushbu tuman aholisi orasiga kirib borgan Shavkat Mirziyoyevni ko‘rishingiz mumkin:

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Foto va video: Shavkat Mirziyoyev xalq bilan muloqot qildi