21:56 / 08.07.2017
9 575

Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektori xizmat xonasidan Xorazmga aloqaga chiqdi

Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektori xizmat xonasidan Xorazmga aloqaga chiqdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati, profilaktika inspektori yashash joyi bilan tanishdi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar berdi.

Orzu mahallasida Birinchi Prezidentning 2009 yil 3 avgustdagi “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bo‘yicha 2014-2016 yillarda namunali loyihalar asosida 708 uy-joy, mahallaning yangi binosi qurilib, foydalanishga topshirildi. 6 ming 300 dan ziyod aholi istiqomat qilayotgan mahallada otalar choyxonasi, savdo shoxobchalari, mini futbol maydoni, bolajonlar uchun turli attraksionlar ishlab turibdi.

Bu erda mahalla raisi, kotibi va maslahatchisi, profilaktika inspektori uchun alohida xonalar mavjud. Kutubxona zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari, zarur adabiyotlar bilan ta’minlangan. Joriy yilda mahalla binosi yonida profilaktika inspektori uchun xizmat uyi qurildi.

Davlat rahbari “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini profilaktika inspektori xizmat xonasida o‘rnatilgan kompyuter orqali Xorazm viloyati Xiva tumani ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan videomuloqot qildi.

"Profilaktika inspektorlari faoliyatini takomillashtirish, ularning shaxsiy mas’uliyatini oshirish, sodir etilgan har bir jinoyatni tahlil qilish, jinoyatchilikni professional darajada aniqlash lozim. Profilaktika inspektorlari xizmat uylari, imtiyozli kreditlar asosida mashinalar bilan ta’minlanayotgani ular mahallaning har bir xonadoni bilan samarali ishlashida muhim ahamiyat kasb etmoqda", dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev profilaktika inspektori xizmat xonasidan Xorazmga aloqaga chiqdi