17:32 / 10.07.2017
6 817

Tramp harbiy yigitning shamol uchirib ketgan furajkasini kiygizib qo‘yishga urindi (Video)

Tramp harbiy yigitning shamol uchirib ketgan furajkasini kiygizib qo‘yishga urindi (Video)
AQSh prezidenti Donald Tramp harbiy xizmatchi yigitning shamol uchirib ketgan furajkasini erdan qolib, kiygizib qo‘yishga urindi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Donald Tramp Merilend shtatidagi Endryus harbiy bazasidagi AQSh piyoda qo‘shinlari Korpusi vertolyoti bortiga ko‘tarilayotganda, trap oldida turgan harbiy xizmatchining furajkasini shamol uchirib ketganligini ko‘rdi. Tramp erga tushgan furajkani olib, uni yigitning boshiga kiygizdi. Biroq kuchli shamol oqibatida furajka yana uchib ketdi.

Tramp erinmay ortiga qaytib, yana furajkani oldi va yigitning elkasiga urgancha, bortga ko‘tarildi. Askar yigit esa belgilangan tartibga rioya qilgan holda o‘rnidan qimirlamadi. Mazkur video Amerika OAVlarida chop etilgach, ijtimoiy tarmoqlarga tarqaldi. Aksariyat amerikaliklar prezidentining harakatini qo‘llab-quvvatladi. Hattoki Tramp bilan yomon munosabatda bo‘lgan CNN ham uni maqtadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tramp harbiy yigitning shamol uchirib ketgan furajkasini kiygizib qo‘yishga urindi (Video)