11 iyul kuni ertalab Chirchiqda Chirchiq-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Ssang YONC Istana mikroavtobusi zirhli transportyor (BTR) bilan to‘qnashib ketdi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, YTH oqibatida mikroavtobus yo‘lovchilari – ikki bola halok bo‘lgan.
Xabarda aytilishicha, ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov ishlari olib borilmoqda.
«Kun.uz» ning viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralardagi manbasining so‘zlariga ko‘ra, mikroavtobus haydovchisining yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmagani shunday ayanchli fojiaga sabab bo‘lgan. Mikroavtobus avtokarvon sifatida harakatlanayotgan harbiy mashinalar oralig‘iga kirmoqchi bo‘lgan. Qoida bo‘yicha haydovchi avtokarvonni o‘tkazib yuborib, harakatlanishni davom ettirishi kerak edi.
Bir tomondan mikroavtobus haydovchisining qo‘pol xatosi va ikkinchi tomondan BTR (zirhli harbiy mashina)ni boshqarayotgan harbiyning ham yon tomondan harakatga qo‘shilayotgan transport vositasini ko‘rmagani sababli to‘qnashuv yuz bergan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi