23:31 / 14.07.2017
8 112

Sayohat qilish uchun dunyodagi eng yaxshi shahar nomi ma’lum qilindi

Sayohat qilish uchun dunyodagi eng yaxshi shahar nomi ma’lum qilindi
Sayohat mavzusiga bag‘ishlangan yirik jurnal - Travel+Leisure turistlar uchun jahonning eng yaxshi shaharlari ro‘yxatini tuzib chiqdi. Birinchi o‘rinni Meksikadagi San-Migel-de-Alende shahri egalladi, uning tarixiy markazi YuNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kirgan.

Ikkinchi o‘rinda – Amerikaning Charlston shahri, u Samter forti bilan mashhur: aynan shu erdagi jang bilan Shimol va Janub o‘rtasida fuqarolik urushi boshlangan. Reytingdagi uchinchi o‘rinni Tailandning Chiangmay shahri egalladi, unda 300 dan ortiq buddaviylar ibodatxonalari bor. To‘rtinchi o‘rinda – Yaponiyaning Kioto, beshinchi pog‘onada esa – Italiyaning Florensiya shahri.

Top-15 ga shuningdek: Oaxaka (Meksika), Xoyan (Vetnam), Keyptaun (JAR), Ubud (Indoneziya), Luangpxabang (Laos), Santa-Fe (AQSh), Rim (Italiya), Siemreap (Kamboja), Udaypur (Hindiston) va Barselona (Ispaniya) ham kirgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sayohat qilish uchun dunyodagi eng yaxshi shahar nomi ma’lum qilindi