12:03 / 15.07.2017
7 079

Toshkentda o‘qishga kiritish evaziga 8000 dollar olayotgan yana bir shaxs ushlandi

Toshkentda o‘qishga kiritish evaziga 8000 dollar olayotgan yana bir shaxs ushlandi
12 iyul kuni taxminan soat 19:30larda, Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Toshkent temir yo‘l transporti muxandislari instituti Axborot resurslari markazi etakchi mutaxassisi Xasanov Furqat Shukurulla o‘g‘li, fuqaro Esonov Abdumalik Turg‘un o‘g‘lining ishonchiga kirib, unga oliygohning mansabdor shaxslariga pora berish yo‘li bilan mazkur institutga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, buning uchun undan 8.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIB xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura idoralari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik, ya’ni ancha miqdorda, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora berishga dalolatchilik qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda o‘qishga kiritish evaziga 8000 dollar olayotgan yana bir shaxs ushlandi