Dalvarzintepa arxeologik ob’ektidagi qazishmalar chog‘ida eramizdan avvalgi 110-127 yillarda hukmronlik qilgan Kushon imperatori Vima Kadfizga tegishli muhr topildi. Bu haqda “Jahon” AA xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi san’atshunoslik institutining san’atshunoslik ekspedisiyasi qadimgi Baqtriya hududidagi Dalvarzintepa arxeologik ob’ektida qazishma ishlarini olib bordi. Qazishma ishlari chog‘ida sopol idishlar, erkak va ayollarning loydan yasalgan haykalchalari, atir idishi, toshga o‘yilgan hayvon tasviri va 50 dan ortiq mis tangalar topildi.
Topilgan buyumlar orasida ikki tomoniga erkak kishi tasviri tushirilgan muhr ham bo‘lib, kimyoviy qayta ishlov jarayonida u Kushon sulolasi asoschisi Kadfiz Kudjulaning o‘g‘li imperator Vima Kadfizning tasviri ekanligi aniqlandi. U eramizdan avvalgi taxminan 110-127 yillarda imperiyani boshqargan.
Dalvarzintepa shahar xarobasi Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani hududida joylashgan bo‘lib, Kushon imperiyasining Markaziy Osiyodagi mashhur tarixiy yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bir qancha vaqt u imperiyaning poytaxti ham bo‘lgan.
Shunisi diqqatga sazovorki, uning o‘g‘li Kanishkaga (hukmronlik davri er.av. 127-154 yillar) tegishli muhr yarim asr ilgari Hindistondan topilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?