00:16 / 16.07.2017
6 962

Yakkasaroyda fohishaxona saqlagan shaxs fosh etildi

Yakkasaroyda fohishaxona saqlagan shaxs fosh etildi
2017 yilning 12 iyul kuni taxminan soat 21:30larda, o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, Finogenov Ruslan Yurevich, Yakkasaroy tumani, Sh.Rustaveli ko‘chasi, 67-uy, 6-xonadonda fohishaxona saqlab, 30.000 so‘m pul evaziga fuqaro «X» va «Sh» larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yakkasaroyda fohishaxona saqlagan shaxs fosh etildi