18:47 / 16.07.2017
11 799

Ilyos Rahimov Yoshlar ittifoqining Namangan Kengashi raisi etib saylandi

Ilyos Rahimov Yoshlar ittifoqining Namangan Kengashi raisi etib saylandi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Unda ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yoshlarga munosib sharoitlar yaratish, uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi. Ilyos Rahimov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat Kengashi raisi etib saylandi. Kengash rahbari viloyat hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi hisoblanadi va maqomi jihatidan hokimning birinchi o‘rinbosariga tenglashtiriladi.

Anjumanda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari Dilnoza Kattaxonova ishtirok etdi va so‘zga chiqdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ilyos Rahimov Yoshlar ittifoqining Namangan Kengashi raisi etib saylandi