10:21 / 17.07.2017
7 209

O‘zbekistonda hafta davomida yo‘lovchi tashish bilan lisenziyasiz shug‘ullanganlik uchun 300 mln so‘mdan ortiq jarima qo‘llandi

O‘zbekistonda hafta davomida yo‘lovchi tashish bilan lisenziyasiz shug‘ullanganlik uchun 300 mln so‘mdan ortiq jarima qo‘llandi
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshirilgan soliq nazorati tadbirlari natijasida o‘tgan hafta davomida 4150 ta huquqbuzarlik holatlari aniqlandi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmatiga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ygan 3392 nafar shaxsga nisbatan 1 040,8 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

Jumladan:

Savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 767 nafar shaxsga nisbatan 114,7 million so‘m;

Binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 68 nafar fuqaroga nisbatan 50,9 million so‘m;

Uy-joyga doir mulk huquqini o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 439 nafar fuqaroga nisbatan 65,8 million so‘m;

Daromadlar to‘g‘risidagi deklarasiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 175 nafar fuqaroga 26,3 million so‘m;

Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 431 nafar fuqaroga nisbatan 323,6 million so‘m;

Avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan lisenziyasiz shug‘ullangan 409 nafar fuqaroga nisbatan 306 million so‘m;

Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 855 nafar mansabdor shaxsiga nisbatan 128 million so‘m;

Debitorlik qarzi muddatlari o‘tkazib yuborilgan korxonalarning 17 nafar mansabdor shaxsiga nisbatan 25,5 million so‘m;

Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarhun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan korxonalarning 231 nafar mansabdor shaxsiga nisbatan 104 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda hafta davomida yo‘lovchi tashish bilan lisenziyasiz shug‘ullanganlik uchun 300 mln so‘mdan ortiq jarima qo‘llandi