O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassalariga qabul Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2 maydagi “2017-2018 o‘quv yilida o‘rta maxsus, kasb-qunar ta’limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida tashkil etilmoqda, deb yozadi Qalampir.uz sayti.
Qarorga muvofiq, joriy yilda maktablarni tamomlayotgan 467 ming 19 nafar 9-sinf bitiruvchisidan 25 ming 72 nafari (5,4%)ni akademik liseylarga va qolgan 441 ming 947 nafarini (94,6%) kasb-qunar kollejlariga qamrab olish rejalashtirilgan.
Bu yildan Toshkent shahri va Andijon viloyatida 1 tadan, Samarqand viloyatida 2 ta akademik lisey tugatildi va 18 ta akademik lisey kasb-hunar kollejiga aylantirildi. Endilikda akademik liseylarda o‘quv guruhlari 26 nafar o‘quvchidan iborat bo‘ladi.
Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, akademik lisey va kasb-hunar kollejlariga umumta’lim maktablarining 346 468 nafar 9-sinf bitiruvchisi hujjat topshirib bo‘lgan. Bu joriy o‘quv yilida umumta’lim maktablarini tamomlagan 467 019 nafar bitiruvchining 74 foizini tashkil etadi.
Aniqlik kiritilishicha, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimiga hujjat topshirgan o‘quvchilarning 27 368 nafari akademik liseylarga va 319 100 nafari kasb-hunar kollejlariga hujjat topshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi