21:27 / 18.07.2017
5 673

3000 dollar evaziga Koreyaga ishlash uchun yuborishga yordam bermoqchi bo‘lgan firibgar

3000 dollar evaziga Koreyaga ishlash uchun yuborishga yordam bermoqchi bo‘lgan firibgar
2017 yilning 3 aprel kuni taxminan soat 10:00larda, muqaddam sudlangan Kim Alyona Olegovna, Sergeli tumani hududida, fuqaro Bayramov Javoxir Tuxtasinovichning ishonchiga kirib, unga Janubiy Koreya davlatiga ishlash uchun yuborishda yordam berishini bildirib, aldov yo‘li bilan undan 3.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan, deb yozadi Hordiq.uz sayti.

Mazkur holat yuzasidan, Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik, ya’ni xavfli residivist tomonidan, o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Jabrlanuvchining anketa ma’lumotlari o‘zgartirilgan bo‘lib, familiya va ismlarning har qanday o‘xshashligi tasodifiy harakterga ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 3000 dollar evaziga Koreyaga ishlash uchun yuborishga yordam bermoqchi bo‘lgan firibgar