Davlatimiz rahbari Parkent tumani Guliston mahallasida yashovchi Aminjon ota Muhammadjonovning bog‘ida bo‘ldi.
74 yoshni qarshilagan Aminjon bobo umr yo‘ldoshi Ixtibor momo bilan besh farzandni tarbiyalab, voyaga etkazgan. Farzandlarining barchasi oliy ma’lumotli. Nuroniylar bugun 14 nevara, 3 evarasi ardog‘ida.
Aminjon ota farzandlari bilan "Zuhra ona plyus" xususiy korxonasini tashkil etgan. Mahalladagi qariyb 3 gektar erda manzarali daraxtlar va butalar ekib, bog‘ yaratgan.
Shavkat Mirziyoyev bog‘ni kirib ko‘rdi. Shunday ajoyib bog‘ yaratgani, xorijdan ko‘chatlar olib kelib, yurtimiz sharoitida ko‘paytirayotgani uchun Aminjon boboga minnatdorlik bildirdi, deb yozadi O‘zA.
Odamning qo‘li gul degani mana shu, dedi davlatimiz rahbari. Bu bog‘ Vatanni sevishning, mehnatsevarlikning yaqqol namunasi. Otaxonning tajribasini o‘rganish, odamlarga ibrat qilib ko‘rsatish kerak. Bu kishi qishloq xo‘jaligi sohasidagi ta’lim muassasalarida dars bersin, odamlar kelib bu ishlarni o‘rgansin.
Prezidentimiz bog‘da mahalla faollari, nuroniylar bilan suhbatlashdi.
Davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyati, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasi, Toshkent viloyatini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan rejalar haqida so‘z yuritildi.
Nuroniylar xalq bilan muloqot qilib, inson manfaatlarini ta’minlashda shaxsan namuna bo‘layotgani, Toshkent viloyatini rivojlantirish, odamlar turmush farovonligini oshirishga qaratayotgan e’tibori uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?