Turkiyaning Izmir shahridagi Alachati dahasida ikki restoran o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab chiqqan mojaroga Turkiya futbol terma jamoasi bosh murabbiyi Fotih Terim ham aralashgani turk matbuotida o‘z aksini topdi.
Alachatida ochilgan ikki yangi restoran o‘rtasidagi ziddiyatning shov-shuv bo‘lishiga sabab, ularning biri “Adanaspor” klubining sobiq prezidenti Salohiddin Aydog‘duga qarashli Yüzevler Kebapçısı kabob restorani bo‘lsa, ikkinchisi Fotih Terimning kuyovi Ahmet Baran Chetin muassislaridan biri bo‘lgan Beeves Steak House steyk restorani ekanidir.
Matbuotda yoritilishicha, murosa qochishi ikki yangi restoran orasiga devor qad rostlashi va buning ortidan Terimning kuyovi qo‘shnisidan qo‘rani nariroqqa olishini so‘rashidan boshlandi. Kabob restorani sohibining qo‘rani atigi 60 sm siljitganini etarli emas, deb topgan Ahmet Baran Chetin o‘rtaga qaynotasini tiqdi.
Fotih Terimning “Adanaspor” sobiq prezidentiga telefonda tahdidomuz tarzda murojaati javobsiz qolgach, Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi ikki kuyovi hamda qo‘riqchilari bilan birgalikda Izmirga kelib, Beeves Steak House restoranini vayron qilib, stol-stullarni sindirib tashlashdi. Restoran egasi Salohiddin Aydog‘du bilan Fotih Terim o‘rtasida katta janjal bo‘ldi. Polisiya kelganida Terim va sheriklari restoranni tark etib ulgurgandi.
“Men yozma shikoyatimni huquq-tartibot organlariga topshirdim. Terim uni qaytarib olishim uchun o‘rtaga katta-katta odamlarni qo‘yyapti. Lekin mening shikoyatni qaytarib olish niyatim yo‘q”, deb bayon qildi u. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Toshkentda yig‘ilgan tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi
Hindistonni rivojlantirish strategiyasi sun’iy intellekt yordamida yaratildi