00:12 / 25.07.2017
6 183

Video: Abdulaziz Komilov “Rossiya-24” telekanaliga intervyu berdi

Video: Abdulaziz Komilov “Rossiya-24” telekanaliga intervyu berdi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov avvalroq, Xalqaro press-klubda ishtirok etib, o‘zbekistonlik fuqarolarning savollariga javob bergan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining saytida Vazirning “Rossiya-24” telekanali jurnalisti Robert Fransevga bergan intervyusi videosi joylashtirildi.

Ushbu intervyuda suhbat siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining bugungi holati, ikki tomonlama aloqalarning muhim vektorlari xususida bordi.

Suhbatda ikki mamlakat o‘rtasida “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilganligi va harbiy-texnik hamkorlikning yangi yo‘nalishi sifatida yo‘lga qo‘yilishi aytib o‘tildi.

Abdulaziz Komilov jurnalistning savollariga javob berar ekan, O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy aloqalarida mintaqaviy hamkorlik masalasi asosiy o‘rinda turadi, qo‘shni mamlakatlar bilan aloqalarni yanada rivojlantirish, Afg‘on zaminida barqarorlikni o‘rnatish muhimligini ta’kidladi.

O‘zbekistonning o‘ziga xos “o‘zbekona dunyoqarash”ida o‘zbek tashqi siyosiy kursi real jarayonlar va BMT tomonidan o‘rnatilgan umumbashariy tamoyillarga asoslananishi ta’kidlab o‘tildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Video: Abdulaziz Komilov “Rossiya-24” telekanaliga intervyu berdi