12:58 / 27.07.2017
6 160

Bo‘kada 25 yoshli yigit tanishining avtoulovini olib qochdi

Bo‘kada 25 yoshli yigit tanishining avtoulovini olib qochdi
Ichki ishlar organlarining hamkorlikda olib borgan tezkor tadbirlari natijasida, Bo‘ka tumanida sodir etilgan avtotransport vositasini olib qochish jinoyati “issiq izi”dan fosh etilishiga erishildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB xabariga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Dastlabki tergov harakatlari davomida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, joriy yilning 14 iyul kuni soat 04.30 larda Bo‘ka tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan B.S. boshqaruvidagi o‘ziga tegishli «Neksiya» rusumli d/b 10 N 433 JA avtoulovini do‘kon oldiga qo‘yib, do‘konga savdo qilish uchun kirib ketgan vaqtida avtoulovni noma’lum shaxs noma’lum tomonga qarab olib qochgan.

Olib borilgan tezkor chora tadbirlar natijasida Piskent tumani Xaqberdi mahallasidan o‘tgan ichki avtomobil yo‘lida 1992 yilda tug‘ilgan A.E.ushbu avtoulovni boshqarib ketayotgan vaqtida aniqlanib, ushlandi. A.E. avtoulov egasi B.S.ning tanishi bo‘lgan holda ushbu ishni amalga oshirganligi ma’lum bo‘ldi. Avtoulov soz holda egasiga qaytarildi.

Hozirgi vaqtda A.E.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bo‘kada 25 yoshli yigit tanishining avtoulovini olib qochdi