07:05 / 28.07.2017
6 594

Olimlar boylik insonni yurak xastaliklariga olib kelishini aniqlashdi…

Olimlar boylik insonni yurak xastaliklariga olib kelishini aniqlashdi…
Saudiya Arabistoni va Birlashgan arab amirliklari olimlari navbatdagi tadqiqotlarini boylik masalasiga bag‘ishlashdi. Ular asosan shu ikki mamlakatdagi fuqarolar hayot tarzi bilan qiziqishdi. Va aniqlandiki, badavlatlik odamga aksar holatlarda yurak xastaliklarini hadya etarkan.

Buning asosiy sabablaridan biri shuki, boy odam kambag‘alga nisbatan yuz chandon ko‘proq asabiylashadi, xavotirlarga oshno bo‘ladi. Muammolarning kattasi ham aynan boy odamlarga yopishadi. Qolaversa, boylar ovqatlanish me’yorlariga amal qilishmaydi. Bunga yana tashvishlarning ko‘pligi xalal beradi. Shular yig‘ilib-yig‘ilib bir kun infarkt yoki shu kabi yurak xastaliklarini keltirib chiqaradi.

Bundan tashqari, olimlar aytishdiki, boylik nafaqat yurak, balki saraton xastaligini ham keltirib chiqaradi.
Shu bilan birga kam harakatlanish ham yuqorida ta’kidlab o‘tilgan xastaliklar sari insonni yaqinlashtirib boradi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar boylik insonni yurak xastaliklariga olib kelishini aniqlashdi…