09:05 / 28.07.2017
6 954

Test sinovlariga telefon olib kirishga uringan barcha abiturientlar testdan chetlatiladi

Test sinovlariga telefon olib kirishga uringan barcha abiturientlar testdan chetlatiladi
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 1 avgust kuni o‘tkaziladigan test sinovlariga telefon olib kirishga uringan barcha abiturientlar testdan chetlatiladi.
Joriy yilda universitetda bo‘lib o‘tadigan kirish imtihonlarida adolatni ta’minlash maqsadida bir qator yangiliklar joriy etildi va 1 avgust kuni ham yana qator yangiliklar joriy etiladi.

Shunday yangiliklardan biri – test sinovlari o‘tkaziladigan binoga kirishda abiturientning mikrokalkulyator, lug‘at, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikasiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilgani nazoratchilar tomonidan aniqlansa, o‘sha abiturientga dalolatnoma tuzilib, u test sinovlaridan chetlashtiriladi.

Aslida ushbu qoida yangilik emas. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”da ham, undan oldin amalda bo‘lgan Nizomlarda ham mazkur qoida belgilab qo‘yilgan edi. Biroq, ushbu qoidaga doim ham qat’iy amal qilinmas, abiturientlarning mazkur nojo‘ya hatti-harakati aksariyat hollarda kechirilar edi.

Endi joriy yildan boshlab, mazkur qoidaga qat’iy amal qilinadi. Test sinovlari o‘tadigan binoga qo‘shimcha vositalar olib kirishga uringan abiturient aniqlangan zaxoti test sinovlariga kirgizilmasdan, imtihondan chetlashtiriladi. TATU qabul komissiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, barcha abiturientlar nomiga maxsus ogohlantirish xatlari tayyorlandi va DTM varaqasini olishga kelgan har bir abiturientga taqdim etilib, yana bir bor bu haqida ogohlantiriladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda TATUga 1600 nafar talaba qabul qilinadi.
2017 yilda TATUga 12234 nafar abiturient xujjat topshirgan. Shundan, o‘zbek guruhlariga 9688 nafar, rus guruhlariga 2536 nafar; 2016 yil bilan solishtirilganda abiturientlar soni 1579 (14,8) nafarga oshgan

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Test sinovlariga telefon olib kirishga uringan barcha abiturientlar testdan chetlatiladi