13:31 / 28.07.2017
7 188

Donald Tramp chizgan surat 30 ming dollarga sotildi

Donald Tramp chizgan surat 30 ming dollarga sotildi
Amerika prezidenti Donald Trampning Nyu York shahri osmono‘par binolari aks etgan surati kimoshdi savdosida taxminan 29,2 ming dollarga sotildi. Bu haqda Los Anjelesda joylashgan Nate D. Sanders Auctions kim oshdi savdo uyi ma’lum qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Gap Trampning Trump Tower binosidan Nyu Yorkning markazi tasvirlangan havaskorlik surati haqida bormoqda. AQSh prezidenti imzosi chekilgan surat oltinrangli flomasterda chizilgan. Maxsus ramkaga joylangan surat holati juda yaxshi ekani t’kidlangan.

Kimoshdi savdo uyida aytishlaricha, bu ishlanma "noyob hisoblanadi. Chunki, Tramp chizgan suratlardan bir nechtasi ma’lum, xolos". Uning boshlang‘ich narxi 9 ming dollardan boshlangan. Xaridor ismi oshkor qilinmagan.

Tramp ushbu suratni 2005 yili o‘tkazilgan xayriya aksiyasi doirasida chizgan. Xayriya aksiyasini Pitney Bowes kompaniyasi Xalqaro savodxonlik kuni munosabati bilan o‘tkazgan. U taniqli san’at arboblari, sportchilar, yozuvchilar, rassomlar va siyosatchilardan o‘ziga xos biror narsani chizishni so‘rashgan. Keyinroq, bu rasmlar kimoshdi savdosiga qo‘yilgan. Undan tushgan mablag‘lar AQSh va Kanadada savodsizlikni tugatish markazlariga topshirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Donald Tramp chizgan surat 30 ming dollarga sotildi