6 oyda Toshkent viloyatida 97 mansabdorga nisbatan 70 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Batafsil…

  • 28 iyul 2017, 15:08
  • 6 036
  • Jamiyat
  • 6 oyda Toshkent viloyatida 97 mansabdorga nisbatan 70 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Batafsil…
    Toshkent viloyati IIBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida Toshkent viloyati Prokuraturasi rasmiy vakili ham ishtirok etdi. Toshkent viloyati Prokuraturasi prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i Sobirjon Temirov prokuratura organlari tomonidan viloyat kesimida mansabini suiste’mol qilish hollariga doir ishlar qaytarzda olib borilayotgani yuzasidan ma’lumotlarni taqdim etdi, deb xabar berdi Kun nashri.

    Toshkent viloyati Prokuratura organlari tomonidan joriy yilning o‘tgan olti oyi mobaynida 97 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan ochilgan 70 ta jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borildi. Shundan 93 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ochilgan 65 ta jinoyat ishi ayblov xulosalari bilan sudlarga yuborilgan.

    Sobirjon Temirov mansabdor shaxslarning jinoiy ish turlariga ham oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, mansabdor shaxslarning 10 nafari hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, 2 nafari hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish, 2 nafari mansabga sovuqqonlik bilan qarash, 7 nafari mansab soxtakorligi, 12 nafari pora olish-berish yoki unda vositachilik qilish, 37 nafari o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish va 23 nafariga Jinoyat Kodeksining boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun javobgarlikka tortilgan.

    Joriy yilning o‘tgan 6 oyi mobaynida mansabdor shaxslar tomonidan etkazilgan zarar miqdori 1,5 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etib, dastlabki tergov jarayonida 1,2 mlrd so‘mni undirish ta’minlandi.

    Jinoyat sodir etgan mansabdorlarning 2 nafari respublika, 10 nafari viloyat va 85 kishi tuman-shahar miqyosidagi tarmoq rahbar xodimlarini tashkil etadi.

    Hisobot davri mobaynida mansabdor shaxslarning toifalari tahlil qilinganda quyidagi korxona-tashkilotlar rahbarlariga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, javobgarlikka tortilgani aniqlandi.

    Jumladan hokimiyat va boshqa davlat boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining 8 nafari, sudyalar 1 nafar, adliya organining 1 nafar, sud-ijro departamenti 1 nafar, ichki ishlar idoralari xodimlarining 21 nafar, davlat soliq inspeksiyasining 4 nafar, bank xodimlarining 8 nafar, boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar mansabdor shaxslarining 53 nafariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilgan.

    Masalan, Qibray tumani Salar shahar IIB pasport bo‘limining sobiq boshlig‘i bir guruh shaxslar bilan jinoiy til biriktirib, moddiy manfaatdorlik evaziga hujjatlarni yo‘q qilish va rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish orqali jami 73 nafar fuqarolarni Qibray tumanining turli hududlariga noqonuniy ravishda doimiy ro‘yxatga qo‘ygan.

    Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, pasport bo‘limi boshlig‘i va boshqa 25 nafar shaxs JKning 205-moddasi 5-qismi “b” bandi, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va boshqa moddalar bilan ayblanishgan. Jinoyat ishi ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan holda, ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

    Toshkent viloyat sudining 2017 yil 27 yanvardagi hukmi bilan sudlanuvlarga nisbatan ozodlikdan mahrum etish jazolari qo‘llanilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 6 oyda Toshkent viloyatida 97 mansabdorga nisbatan 70 ta jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Batafsil…