14:38 / 28.07.2017
8 906

O‘zbekistonda qanday qurollar va himoya vositalaridan foydalanishga ruxsat berilgan?

O‘zbekistonda qanday qurollar va himoya vositalaridan foydalanishga ruxsat berilgan?
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yagona interaktiv portalda joylashtirilgan "Qurol haqida"gi qonun loyihasidan maqsad nima ekanligiga tushuntirish berdi.
Vazirlikning bildirishicha, mazkur qonun loyihasi respublika hududida fuqarolik, xizmat va jangovar qurol-yarog‘lar borasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soladi.

"Qayd etish joizki, qonun loyihasida fuqarolar (tegishli tartibda ovchilik jamiyatlari va sport klublarida ro‘yxatdan o‘tgan a’zolar) faqatgina ov va sport mashg‘ulotlari uchun o‘qotar qurolga egalik qilishlari va foydalanishlari mumkinligi nazarda tutilgan", – deya aniqlik kiritiladi vazirlik matbuot xizmati tomonidan.
Shunga muvofiq, jismoniy shaxslarning o‘zini himoya qilish maqsadida jamoatchilikka xavf tug‘diruvchi o‘qotar yoki boshqa qurollarga egalik qilishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Vazirlikning ta’kidlashicha, fuqarolar o‘zini himoya qilish maqsadida gaz ballonlari, mexanik purkagichlar, aerozol va ko‘zdan yosh oqizuvchi boshqa moslamalar hamda sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat berilgan elektroshok qurilmalariga egalik qilishlari mumkin.
Bunda, ichki ishlar organlari ushbu vositalarni tegishli tartibda tekshiruvdan o‘tkazib, fuqaroga ruxsatnoma berganidan keyingina ularni olib yurish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda qanday qurollar va himoya vositalaridan foydalanishga ruxsat berilgan?