22:06 / 28.07.2017
6 569

Endi o‘zbek OAV lari tarqatayotgan axborotlarga yosh chegaralari qo‘yiladi

Endi o‘zbek OAV lari tarqatayotgan axborotlarga yosh chegaralari qo‘yiladi
Endilikda O‘zbekistonda tarqatilayotgan axborotlarga yosh tasnifi qo‘yiladi. Ya’ni ma’lum bir axborotlar televidenie, internet nashrlar va boshqa axborot kanallari orqali “0+”, “7+”, “12+”, “16+”, “18+” yozuvlari bilan tarqatiladi.

Bu barcha ota-onalar uchun yana bir karra o‘z farzandlari sog‘lig‘ini muxofaza qilish borasida qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi, deb yozadi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Bolalar sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Qonun loyihasi bolalar sog‘lig‘iga zarar etkazuvchi axborotdan ularni himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.
Qonun loyihasi bilan jamoatchilikni yaqindan tanishtirish va ularning takliflarini olish maqsadida joylarda muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi o‘zbek OAV lari tarqatayotgan axborotlarga yosh chegaralari qo‘yiladi