23:31 / 28.07.2017
7 619

Shveysariyada O‘zbekistonning Karimova ishi bo‘yicha so‘rovi o‘rganilmoqda

Shveysariyada O‘zbekistonning Karimova ishi bo‘yicha so‘rovi o‘rganilmoqda
Shveysariya bosh prokuraturasi O‘zbekiston hukumatining Gulnora Karimovaning ishi bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi yangi so‘rovini o‘rganmoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

"Biz shuni tasdiqlashimiz mumkinki, bosh prokuratura O‘zbekistonning o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi so‘rovini oldi, u ayni damda o‘rganilmoqda", - deya aytib o‘tgan mahkama vakili.

Bosh prokuraturadan ta’kidlanishicha, Shveysariyada korrupsiya jinoyatlari natijasida pul yuvishda gumon qilish bo‘yicha jinoiy ish 2012 yilda olti kishiga nisbatan ochilgan, ularning ichida Karimova ham bor.

"Ayni paytda bosh prokuratura tomonidan 800 million shveysariya frankidan ortiq summadagi aktivlar xatlangan. Shveysariyada jinoiy ish ochilganidan beri bosh prokuratura 19 davlat, jumladan, Shvesiya, Niderlandiya va AQSh bilan o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish jarayonlarini amalga oshirdi", - deya xabar berishgan bosh prokuraturadan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shveysariyada O‘zbekistonning Karimova ishi bo‘yicha so‘rovi o‘rganilmoqda