18 098
Qabul tugaganda yangi pedagogika instituti tashkil etilmoqda. Xo‘sh, unga kimlar qabul qilinadi?
Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutini tashkil etish to‘g‘risida” qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, Xalq ta’limi vazirligi tarkibida Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tashkil etiladi.
Maktabgacha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali o‘qituvchilarni talab darajasida sifatli tayyorlashni ta’minlash yangi tashkil etilishi kutilayotgan institutning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi 2017/2018 o‘quv yili uchun Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutining talabalari kontingentini Toshkent viloyatida doimiy yashayotgan Toshkent davlat pedagogika universiteti va boshqa turdosh oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirib, mazkur ta’lim muassasalariga belgilangan to‘lov-kontrakt kvotalari doirasida o‘qishga qabul qilinmagan mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari abiturientlari hisobidan, Toshkent viloyati tumanlari ta’lim muassasalari ehtiyojlarini inobatga olgan holda shakllantiriladi.
Mazkur institutga 2017/2018 o‘quv yili uchun talabalar o‘qishga amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori bo‘yicha tasdiqlangan kvota doirasida qabul qilinadi.
Chirchiq akademik liseyi hamda Chirchiq ijtimoiy-iktisodiyot kasb-hunar kollejiga tegishli binolar va inshootlar hududlari bilan Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti tasarrufiga o‘tkaziladi. Ushbu ikki ta’lim muassasining 2 va 3 kurs o‘quvchilari bitirgunlariga qadar institut binosida ta’lim oladilar. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi