O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqqa minnatdorchilik bildirdi, deb yozadi Hordiq.uz.
«Tug‘ilgan kunimga 60 yil to‘lishi munosabati bilan uzoq-yaqindan qutlovlar, tabriknoma va maktublar yo‘llagan davlat va hukumat boshliqlariga, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, xalqaro tashkilotlar rahbarlariga, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalariga, barcha vatandoshlarimga o‘zimning samimiy minnatdorligimni izhor etaman.
Mening sha’nimga bildirilgan ezgu tabrik va tilaklarni, avvalambor, O‘zbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatimizning bugungi va ertangi kuniga bo‘lgan ishonch ifodasi sifatida qabul qilaman.
Fursatdan foydalanib, mehnatsevar, bag‘rikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor chin qalbimdan farzandlik mehrimni bildiraman.
Ko‘p millatli O‘zbekiston xalqining baxtu saodati va farovonligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilish uchun bundan buyon ham bor kuch va g‘ayratim, bilim va tajribamni safarbar etaman». “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi