11:50 / 30.07.2017
7 002

Qirg‘izistondagi bozorda katta yong‘in sodir bo‘ldi

Qirg‘izistondagi bozorda katta yong‘in sodir bo‘ldi
Qirg‘iziston FVVsi xabariga asoslanib Qalampir.uz yozishicha, O‘zgendagi markaziy bozorda yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘in kecha, 29 iyul kuni, tonggi soat 04:50 da boshlangan bo‘lib, yong‘in hududi 1500 kv.m tashkil etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra jarohatlangan va vafot etganlar yo‘q.

“Yong‘in 7 ta yong‘in o‘chirish guruhi yordamida soat 07:52da o‘chirilgan, ayni paytlarda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Yong‘in sodir bo‘lgan joyda Osh viloyati FVV Boshqarmasi boshlig‘i va tezkor guruhi, Tuman ichki ishlar Boshqarmasi xodimlari, Davlat Sog‘liqni saqlash tibbiyot xizmati ish olib bormoqda. Yong‘in hududi TIIB xodimlari tomonidan o‘rab olingan”, deb xabar beradi ma’lumot manbai.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘izistondagi bozorda katta yong‘in sodir bo‘ldi