11:31 / 31.07.2017
6 272

Amerikalik teleboshlovchi elkasidagi ulkan o‘rgimchak bilan jonli efirni olib bordi (Video)

Amerikalik teleboshlovchi elkasidagi ulkan o‘rgimchak bilan jonli efirni olib bordi (Video)
FOX 4 News telekanalining boshlovchisi bo‘lgan Shennon Myurrey (Shannon Murray) elkasida yurgan ulkan o‘rgimchakdan bexabar holda jonli efirni olib bordi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

Mazkur videorolik Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirildi. Uni ikki kun mobaynida 335 ming foydalanuvchi tomosha qildi. Myurrey qo‘lida o‘rmalayotgan o‘rgimchakka e’tibor qilmagan holda jonli efirni olib bordi. Foydalanuvchilar boshlovchining jasurligidan hayratga tushishdi. Ulardan biri ijtimoiy tarmoqlarda “Myurrey “Emmi” mukofotiga loyiq. Hech kim menda bunchalik katta taassurot uyg‘otmagan”, deb izoh qildirdi.

Jurnalistning so‘zlariga qaraganda u elkasida o‘rgimchak yurganini bilmagan. “Nimadir g‘imirlayotganini sezdim, ammo uning o‘rgimchak ekanligi xayolimga ham kelmadi”, deb yozdi Shennon Myurrey Facebook sahifasida.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Amerikalik teleboshlovchi elkasidagi ulkan o‘rgimchak bilan jonli efirni olib bordi (Video)