15:02 / 31.07.2017
6 646

Guliston davlat universitetiga o‘qishga olib kirishga va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

Guliston davlat universitetiga o‘qishga olib kirishga va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi
Ertaga, ya’ni 1 avgust kuni O‘zbekistonning barcha oliy ta’lim muassasalarida kirish imtihonlari o‘tkaziladi. Milliy xavfsizlik xizmati test jarayonining shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida samarali ish olib bormoqda.

Shunday bo‘lsa-da, davlat imtihonidan muammosiz o‘tish maqsadida pora olish holatlari ham uchrab turibdi. Milliy xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura qoshidagi Departament vakillari bilan birgalikda Guliston davlat universitetiga kirish uchun abiturientlardan pul undirish holatlarini aniqladi.

Guliston davlat universitetining “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi o‘qituvchisi Nasibullo Sa’diev 3 ming AQSh dollari pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Bosh prokuratura qoshidagi Departament Sa’dievga nisbatan jinoyat ishi ochdi. Uning jinoiy sherigini aniqlash ustida daslatki tergov-surishtiruv ishlari boshlab yuborildi.

Bundan tashqari, shu kafedraning yana bir o‘qituvchisi, universitet kirish komissiyasining kotibi Komiljon Mamatqulov boshqa bir abiturientning ota-onasidan 2200 AQSh dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga olindi.


Manba: qalampir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Guliston davlat universitetiga o‘qishga olib kirishga va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi