2017 yil 28 iyul kuni Romitan tumani, Hofizrabot MFY, Hofizrabot qishlog‘i hududidan oqib o‘tgan kanal bo‘yida 1996 yilda tug‘ilgan M.Adizov yashash uyida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan qurollanib, rashk oqibatida bir kun avval unashtirilgan qizi 1998 yilda tug‘ilgan N.G‘aybullaevnaning uyiga borib unga tegajog‘lik qilmoqchi bo‘lgan hamqishlog‘i 1989 yilda tug‘ilgan F.Samadovning oldiga kelib, u bilan o‘zaro janjallashib, oshxona pichog‘i bilan F.Samadovning ko‘krak qafasiga qasddan urib jarohatlar etkazgan. Bu haqda Kun.uz’ga Buxoro IIB xabar berdi.
F.Samadov olgan tan jarohati bilan qarindoshlari tomonidan Romitan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli markaziy kasalxonasiga yotqizilib, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.Adizov JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan. Surishtiruv ishlari tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi