23:09 / 01.08.2017
6 989

Saidkamol Xo‘jaev Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Saidkamol Xo‘jaev Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Shavkat Mirziyoyev Saidkamol Xo‘jaevni Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etdi. Bu ma’lumotni «Kun»ga Markaziy bankdagi manba tasdiqladi.

Prezident matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Xo‘jaev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Saidkamol Xo‘jaev 2014 yilda «O‘zsanoatqurilishbank» boshqaruv raisi bo‘lgan, 2016 yili Markaziy bank raisining birinchi o‘rinbosarligiga tayinlangan, shu yil iyunida raisning birinchi o‘rinbosaridan oddiy o‘rinbosarlikka tushirilgandi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Xo‘jaev «Agrobank»ka rahbar etib tayinlangan. U biroz avvalroq Zangiota tumani hokimligiga o‘tkazilgan Abduvahob Tamiqaev o‘rnini egallaydi.

Xo‘jaev bank tizimidagi faoliyatini 1997 yilda oddiy mutaxassislikdan boshlagan. 2003 yili Toshkent moliya institutining bank ishi fakultetini tamomlagan. 2007 yili Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Saidkamol Xo‘jaev Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi