08:51 / 02.08.2017
7 586

Yo‘lovchi tashish uchun lisenziyani qo‘lga kiritish shartlari

Yo‘lovchi tashish uchun lisenziyani qo‘lga kiritish shartlari
SAVOL: Men yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirmoqchiman. Lisenziya va lisenziya kartochkasi olish uchun qanday hujjatlar talab etilishi, murojaatni ko‘rib chiqish muddatlari va ularni olish uchun qancha pul to‘lanishi haqida ma’lumot bersangiz?
E.EShMURODOV, Sho‘rchi tumani

JAVOB: Ushbu faoliyatni amalga oshirmoqchi bo‘lgan shaxslar lisenziyalovchi organlarga ariza, tadbirkorlik sub’ektining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi, mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari, avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar, lisenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish imkoniyati mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlar, ariza ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etishlari lozim.

Barcha zarur hujjatlar ariza bilan birgalikda taqdim etilgan kundan boshlab, 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda lisenziyalovchi organ tomonidan lisenziya berish uchun qabul qilinib, bu haqda 3 kun ichida talabgor xabardor qilinadi.

Shundan so‘ng, lisenziya talabgori avtotransport vositasidagi yo‘lovchilar o‘rniga qarab, 50 AQSh dollardan 1000 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda har bir avtomobil uchun bir yilga belgilangan davlat boji to‘laganlaridan so‘ng lisenziya bitimi imzolanadi va lisenziya rasmiylashtirib talabgorga beriladi.

Savolga O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bosh yuriskonsulti Ahmedjon JUMANIYaZOV javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yo‘lovchi tashish uchun lisenziyani qo‘lga kiritish shartlari