13:34 / 02.08.2017
6 717

Namanganda O‘zbekistondagi eng katta musiqali favvoralardan biri ishga tushirildi

Namanganda O‘zbekistondagi eng katta musiqali favvoralardan biri ishga tushirildi
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida O‘zbekistondagi eng katta musiqali favvoralardan biri ishga tushirildi.

Bu haqda "Daryo" xabar bermoqda.

Favvora tuman markazida faoliyat boshlagan «Eko-park» ko‘ngilochar maskanida joylashgan. Uni «Mo‘’jiza sut mahsulotlari» xususiy korxonasi barpo etdi.


—1,1 milliard so‘mdan oshiq mablag‘ sarflangan «Eko-park» hududi 4 ming kvadrat metrdan iborat. Unda muzqaymoq, salqin ichimliklar, fast-fud sotuvi yo‘lga qo‘yildi, gril-bar ishlab turibdi. Musiqali va rangli favvora jihozlari Xitoyning «Xuntay» kompaniyasidan olib kelindi. Uzunligi 32, eni 16 metr bo‘lgan favvora ostiga 300 dan oshiq turli ranglar hosil qiluvchi galogenlar joylashtirilgan, — deydi korxona ish yurituvchisi Sobirjon Hoshimov.

«Eko-park» ochilish marosimida tumandagi 3 nafar bolakayning sunnat to‘yi ham o‘tkazildi. Ularning har biriga 300 ming so‘mdan mablag‘ qo‘yilgan omonat daftarchalari topshirildi, velosipedlar sovg‘a qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda O‘zbekistondagi eng katta musiqali favvoralardan biri ishga tushirildi