2017 yil 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘rtasida o‘zaro integrasiyani ta’minlagan holda, 11 yillik o‘rta ta’lim tizimini joriy etish, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik deb yozadi Qalampir.uz nashri.
Videoselektor yig‘ilishi davomida O‘zbekistonda 11-sinfni yakunlagan o‘quvchilarga etuklik attestati bilan birga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beradigan davlat namunasidagi hujjat taqdim etildi.
“Yangi o‘quv yili boshlanguncha kasb-hunar kollejlarining o‘quv ustaxonalari negizida o‘quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil qilib, ularga yaqin atrofdagi maktablarni biriktirish, kollejlardan uzoqda joylashgan umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun maktabning o‘z bazasida o‘quv-ishlab chiqarish majmuasi yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.
O‘quv-ishlab chiqarish majmualarida chuqurlashtirilgan maxsus tayyorgarlikni talab etmaydigan chilangar, tikuvchi, haydovchi, oshpaz, sartarosh, kashtachi, kulol, qandolatchi, novvoy, duradgor, suvoqchi, bo‘yoqchi kabi jami ellikdan ziyod kasb-hunar o‘rgatiladi.
Bu majmualarda kasb egallagan o‘quvchilarga 11-sinfni yakunlaganidan so‘ng etuklik shahodatnomasi bilan birga mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish imkonini beradigan davlat namunasidagi hujjat ham taqdim etiladi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, selektor yig‘ilishida yangi o‘quv yili boshlangunga qadar o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini o‘quv jihozlari, kasb-hunar o‘rganish uchun zarur anjom va uskunalar bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ul idora va xodimlar belgilandi.
Mahalla faollari, nuroniylar, profilaktika inspektorlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari, tuman, shahar hokimlariga umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, har payshanba profilaktika kunida o‘quvchilarning davomatini o‘rganish va tahlil natijalarini tanqidiy muhokama qilib borish vazifasi topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi