22:01 / 03.08.2017
5 974

Tanishing, O‘zMTRKning yangi raisi

Tanishing, O‘zMTRKning yangi raisi
Avvalroq, O‘zbekiston milliy teleradiokopmaniyasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Xurshid Mirzohidov lavozimidan chetlatilgani haqida xabar bergan edik. Joriy yilning 12 fevralidan to avgust oyigacha O‘zMTRK raisi sifatida faoliyat yuritgan Mirzohidov qaysi ishga o‘tgani haqida ma’lumotlar yo‘q.

Bugun, 3 avgust kuni O‘zMTRKga yangi rahbar tayinlangan. 2017 yilning aprel oyidan buyon O‘zMTRK raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Bobur Alixonov Xurshid Mirzohidovning o‘rnida ish boshlagan. Saytimiz manbalarining ma’lum qilishicha, Bobur Alixonov O‘zMTRK raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimiga tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Bobur Alixonov 1962 yilning 14 oktyabrida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1983 yilda sobiq Toshkent davlat universitetini tamomlab, O‘zbekiston televideniesida o‘z ishini boshlagan.

Manba: Qalampir.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tanishing, O‘zMTRKning yangi raisi