16:58 / 04.08.2017
5 887

Olimlar o‘z-o‘zini yo‘q qilib yuboruvchi yangi material yaratdi

Olimlar o‘z-o‘zini yo‘q qilib yuboruvchi yangi material yaratdi
Olimlar o‘z-o‘zini ma’lum bir vaqtdan keyin yo‘q qilib yuboruvchi yangi materialni yaratdi. Taxminlarga ko‘ra, bu farmakologiya bozori hamda chiqindilarni qayta ishlash sanoatida inqilobga olib kelishi mumkin.

Tadqiqot ustida Germaniyaning Myunxen texnika universiteti kimoygarlari ishladi. Natijalar borasidagi hisobot Nature Communications jurnalida chop etildi. Material supramolekulyar deb ataluvchi molekulalardan tashkil topgan. Ularga o‘zining dastlabki shaklini saqlab qolishlari uchun unchalik katta bo‘lmagan energiya zarur bo‘ladi. Shundan so‘ng energiya tugaydi, molukulalar deformasiyalanadi, material esa parchalanib o‘zini o‘zi yo‘q qiladi deb ma’lumot berdi Daryo.uz nashri.

Bunga qadar inson hayot tarzi oqibatida paydo bo‘lgan chiqindilar yillar davomida yig‘ilib yotardi, yoki yangi mahsulot ishlab chiqarishda kerak bo‘ladigan materiallar tayyorlash uchun qayta ishlanardi. Bular atrof muhitni ifloslantiribgina qolmay, ko‘p vaqt, energiya va material sarfiga olib keladi. Yangi ixtiro esa chiqindilarni qayta ishlashni qisman bekor qilishga olib kelishi mumkin.

Hozircha olimlar ushbu materialdan ovqat hazm qilish tizimining ma’lum qismlari uchun kerak bo‘ladigan dori vostilarini etkazib berishda foydalanishni rejalashtirmoqda. Dori vositasi joylashgan qobiq organizmdagi kerakli organga borib etganida parchalanadi. Bundan tashqari ixtiro o‘chib ketadigan siyohlarni yaratishda ham ishlatilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar o‘z-o‘zini yo‘q qilib yuboruvchi yangi material yaratdi