07:04 / 07.08.2017
6 350

Tog‘asidan katta pul talab qilgan jiyanning ayanchli qismati

Tog‘asidan katta pul talab qilgan jiyanning ayanchli qismati
Uch yil burun Turkiyaning Batman shahrida yashovchi 43 yoshli Sami ismli erkak qarzlari ko‘payib ketib, qarz berganlar o‘ldirish bilan qo‘rqitavergach, ular ta’qibidan qochib Anqaraga keldi va o‘sha erda kichik bir kafe ochib tirikchilik qila boshladi. Ishlari yomon ketmayotgandi. Kunlarning birida tug‘ishgan jiyani 36 yashar Sulaymon kafega kirib keldi-da, undan katta miqdorda pul talab qila boshladi. Agar pul bermasa, qarz berganlarga tog‘asi qayerdaligini aytish bilan qo‘rqitdi. Sami jiyani talab qilgan pulni bera olmasdi.

O‘zi zo‘rg‘a kun ko‘rib turgandi. 10 iyul kuni Sulaymon yana keldi va tag‘in pul janjali boshlandi. Shunda azbaroyi jahl otiga mingan Sami jiyanini otib o‘ldirdi. Keyin boshini kesib chelakka soldi-yu, ustini betonlab tashladi. Tanasini esa maydalab qalin paketga joyladi va chelak bilan qo‘shib shahardan tashqariga chiqdi. Bosh solingan chelakni botqoqqa cho‘ktirdi. Maydalangan tanani esa hech kim ko‘rmaydigan erga uloqtirdi. Ertasi kuni Sulaymonning xotini eri kela qolmaganidan xavotirlanib polisiyaga murojaat etdi.

Surishtiruvlar natijasida guvohlar polisiyachilarga Sulaymonni oxirgi marta tog‘asining kafesi yonida ko‘rishganini aytishdi. Oradan bir necha kun o‘tib uning maydalangan jasadini topishdi. Sulaymonning xotini taklif etildi. Ayol jasad haqiqatan eriga tegishli ekanini tasdiqladi. Kafedagi videokameralar ham jasad Sami tarafidan tashqariga olib chiqilayotganini tasdiqlab berdi. Sami qo‘lga olindi. Jiyanining boshini botqoqqa cho‘ktirganini ham aytib berdi.

— Men polisiyachilar jiyanimni kim o‘ldirganini bilib qolmasligi uchun, — dedi tergovda Sami. — Boshini tanasidan judo qilib botqoqqa cho‘ktirgandim. Jiyanim Sulaymon ashaddiy qimorboz edi. Bo‘ynigacha qarzga botgandi. Meni qo‘rqita boshladi. Jahlim chiqib uni o‘ldirishga majbur bo‘ldim…

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tog‘asidan katta pul talab qilgan jiyanning ayanchli qismati